Video: Ronaldu Kazemironing jahlini chiqardi

Sport 16:30 / 18.11.2017 32560

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Kazemiro juma kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar vaqtida Krishtianu Ronalduning qaysidir gapidan norozi bo‘lgan holatda, uni itarib yuborgan. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, futbolchilar ishtirokida keyinchalik qandaydir mojaro yuzaga kelmagan.

O‘sha vaziyatda Ronaldu qo‘polroq hazil qilgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: