Suares qaytmoqda. Uning gollari «Barselona»ga g‘alaba keltirdi

Sport 22:30 / 18.11.2017 10815

«Barselona» Ispaniya chempionatining 12-turida «Leganes» mehmoni bo‘ldi.

O‘yin mehmonlarning katta tashabbusi ostida o‘tdi va yakunda ular uchta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi. Gollarning ikkitasi Luis Suares hisobiga yozilgan bo‘lsa, yana bir to‘pni Paulino raqib darvozasiga kiritdi.

Bu natijadan so‘ng, «Barselona» 34 ochko jamg‘arib, peshqadamlikni yanada mustahkamladi. «Leganes» 17 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.

La Liga, 12-tur
«Leganes» - «Barselona» - 0:3

Gollar: Luis Suares (28, 60), Paulino (90)
Leganes – Kuelyar, Munos, Riko, Saldua, Siovas (Raul Garsiya, 79), Eraso (Bovyu, 46), El-Jar, Shimanovski (Gumbau, 66), Peres, Amrabat, Pires.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu (Aleish Vidal, 59), Umtiti, Buskets, Rakitich, Inesta (Paulino, 59), Messi, Suares, Pako Alkaser (Denis Suares, 82).
Ogohlantirishlar: Pike (29), Suares (53), Siovas (72).

Ko‘proq yangiliklar: