Poroshenkoga suiqasd qilish holatlari ko‘payib bormoqda

Jahon 08:50 / 18.11.2017 13636

Ukraina xavfsizlik xizmatlari 2014 yildan beri mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoga suiqasd qilish bo‘yicha bir necha urinishni bartaraf etishdi, so‘nggi vaqtlarda esa bunday holat ko‘paygan. Bu haqda Ukraina Davlat qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i Valeriy Geletey «Obozrevatel» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Bir necha xavfli urinish bo‘lgan. Inauguratsiyadan so‘ng bir necha kun o‘tib tahdidli holat yuz berdi – prezident ma'muriyatiga kiraverishda portlovchi qurilmani o‘rnatishga harakat qilishdi. Qo‘lbola portlovchi qurilma o‘z vaqtida topildi. Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, u hali ham tergov bosqichida», - deya aytib o‘tdi Geletey.

O‘sha vaqtlar, uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada eng murakkab vaziyat yuzaga kelgan. Suiqasd izlari, deb ta'kidlaydi u, Kreshchatikdagi chodirlarga yetaklagan. Bundan tashqari, bir kun avval Poroshenko borishi kerak bo‘lgan ba'zi tadbir joylaridan portlovchi qurilmalar hamda o‘q otar qurollar topilgan.

«Agar prezident kelishi lozim bo‘lgan joylardan portlash xavfi mavjud bo‘lgan buyumlarni topsak, unda buni suiqasdga tayyorgarlik ko‘rish sifatida ham qabul qilish mumkin. Bunday holatlar esa so‘nggi vaqt ichida juda ko‘p yuz berdi», - deya xulosa qilgan Davlat qo‘riqlash boshqarmasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yangi Oliy sudning 114 sudyasini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagani xabar berilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: