Meksikada quyosh energiyasidan foydalanganlik uchun eng past narx o‘rnatilgan

Fan-texnika 17:30 / 18.11.2017 6151

Meksikaning ENEL Green Power kompaniyasi 1 kVt·soat quyosh energiyasi uchun 1,77 sent tarif e'lon qildi. Bu esa yaqindagina Saudiya Arabistonida o‘rnatilgan rekord darajadagi eng past narxda 0,02 sentga arzonroqdir, deb yozadi Electrek.

Meksikaning elektr energiyasi nazorat milliy markazi — Cenace’ning xabariga ko‘ra vaziyat shunday saqlanib turilsa, 2019 yilga borib 1 kVt·soat elektr energiya bahosi 1 sent bo‘ladi.

ENEL yirik raqobatchi korxonalar bilan tender uchun kurashga kirishib, 167 MVt, 122 MVt, 277 MVt va 116 MVt quvvatga ega 4 ta loyiha uchun 1.77, 1.77, 1.94 va 1.80 sent tariflarni taklif etgan — umumiy hisobda u barpo etmoqchi bo‘layotgan quyosh qurilmalarning quvvati 682 MVt.ni tashkil etadi. Loyiha yaqin ikki yil ichida amalga oshirilishi kerak, 2020 yilda bu korxonalar iste'molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlashi kerak.

Jahonda quyosh energetikasiga narxning tushishi o‘tgan yilning yozida Saudiya Arabistoni kilovatt·soatiga 2,42 sent narx belgilaganidan so‘ng boshlab berilgan edi. Tarif 1,79 sentgacha tushirilgach, bunday bo‘lishiga sabab iqlimiy sharoitlar, neft dollarlari va davlat tomonidan tamomila nazorat o‘rnatilgani uchun yuz berdi, deb hisoblashgandi. Meksika esa hech qachon moliyaviy barqaror davlatlar reytingiga kirmagan, aynan ushbu davlatda elektr energiyasiga eng past baho belgilanishini hech kim taxmin qilmagan edi.

Narxlarning tushishida keyingi bosqich quyosh panellari samaradorligining oshib borishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Yaqinda JinkoSolar laboratoriya sharoitlarida yarimkristall batareyalarning samaradorligini 23,45 foizga ko‘tarib, rekord o‘rnatgan edi. Standart 16 foizli samaradorlik oldida bu 42 foizga o‘sish degani. Demak, o‘rnatish, xizmat ko‘rsatish va joy maydoni uchun xarajatlar ham 42 foizga kamayadi. Bu esa to‘g‘ridan to‘g‘ri tarif narxlarida o‘z aksini topadi.

Boz ustiga, investorlar tiklanuvchi energiya sohasi bilan tobora ko‘proq qiziqishmoqda, bu esa texnologiyalarning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Uzoq muddatli istiqbolda xarajatlarni dronlar yordamida kamaytirish, invertorlarning yanada arzonroq va aqlliroq bo‘lishi, quyosh fermalarining modernizatsiyasi va ulardan oqilona foydalanish maksimal samaradorlikka erishishga olib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: