Kun jadvali: Amerika eng boy kompaniyalarining bir asrlik rivojlanishi

Fan-texnika 00:30 / 18.11.2017 8822

100 yil mobaynida Amerika bozori sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Kompaniyalar yanada yiriklashdi. Masalan, IBM kompaniyasini oladigan bo‘lsak: 1967 yilda eng qimmat kompaniya bo‘lib, 259 mlrd dollarga baholangan. Bugungi kunda hatto kuchli o‘nlikka ham kira olgani yo‘q. 

Ammo muhim sohalar qanday o‘zgarganini kuzatish yanada qiziqarliroq. 1917 yili sanoat davrining eng gullagan davri bo‘lgan. Bozorda Standard Oil va U.S. Steel kabi kompaniyalar hukmronlik qilgan. U.S. Steel dunyoda birinchi bo‘lib 1 mlrd dollarlik kompaniyaga ham aylangan edi.

Oradan yarim asr, 50 yil o‘tib, 1967 yilda texnika vositalarining davri keldi. IBM ilk zamonaviy kompyuterlarni ishlab chiqdi. GM avtobozor yetakchisiga aylandi, Kodak va Polaroid kameralar ishlab chiqdi. 

Biroq neft kompaniyalari hamon kuchini yo‘qotmagan edi. Yana 50 yil o‘tib, bugungi kunda bozorni texnologiya sohasi vakillari egallab oldi. Kuchli o‘nlikda birinchi beshlik aynan texnologiya gigantlari — Facebook, Amazon, Google, Microsoft va Apple korporatsiyalariga tegishli. Neftgaz kompaniyalaridan esa, faqat Exxon Mobil qoldi.

 

Ko‘proq yangiliklar: