Xodimlar maoshida 300 mlrd. dollarni iqtisod qilish imkoni paydo bo‘ldi

Fan-texnika 17:00 / 18.11.2017 14794

Yuk transporti sanoatini to‘la avtomatlashtirish katta mablag‘larni tejash imkonini beradi. Eng ko‘p esa haydovchilar ish haqida iqtisod qilish mumkin bo‘ladi, bu transport kompaniyalari xarajatining qariyb yarmiga teng. Biroq ushbu jarayonga birinchi bo‘lib kichik korxonalar emas, balki yirik korporatsiyalar baho berishi mumkin.

Bernstein kompaniyasi tahlilchilarining taxminicha, haydovchisiz yuk texnikasiga o‘tish Amerika transport kompaniyalariga 100-125 mlrd. dollar iqtisod qilish imkonini yaratadi. Bu avtomatlashtirilgan yuk mashinalarni joriy qilishga ketgan xarajatlar hisobga olingan holda toza foydadir. Hammasi bo‘lib, ekspertlar baholariga ko‘ra, haydovchilar maoshida iqtisod qilish hajmi 300 mlrd. dollarni tashkil etadi. Biroq bu mablag‘lardan bir qismi o‘sib borayotgan soliqlarni to‘lash, texnik xizmat ko‘rsatish va ishning ortgan soatlari uchun sarflanadi.

Tahlilchi Devid Vernonning taxminiga ko‘ra, maoshlarga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar sohadagi barcha xarajatlardan 43 foizni tashkil etadi. Yana 21 foiz mablag‘ yoqilg‘iga ketadi. Har ikki muammoni elektr yuk mashinalari hal qilishi mumkin. 

Ekspertlar prognozlariga qaraganda, haydovchisiz texnologiyalardan yirik kompaniyalar foyda ko‘rish imkoniga ega. Devid Vernon UPS, FedEx hamda J.B. Hunt Transportation Services’ga alohida e'tibor qaratdi. Uning Business Insider’ga bergan intervyusida tushuntirishicha, hozircha faqat yirik o‘yinchilar yangi texnologiyalar joriy etish uchun resurslarga ega.

Shu bilan birga, tahlilchining ogohlantirishicha, kompaniyalar foydani yaqin vaqt ichida olmaydi. Haydovchisiz furalarning ilk kolonnasi faqat 5-7 yildan keyin ishlatilishi mumkin, to‘laqonli avtomatlashtirilgan yuk mashinalar esa 20 yildan so‘ng paydo bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: