Xitoy va Ekvadorda kuchli zilzilalar yuz berdi

Jahon 08:14 / 18.11.2017 8441

Xitoyning g‘arbiy qismida 18 noyabrda 6,3 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmati ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, zilzila markazi Tibet muxtor tumanining janubidagi Ningchi okrugidan 58 km shimolda, Hindiston chegarasi yaqinida bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

Qurbonlar va vayronalar haqida ma'lumot berilmagan.

Shuningdek, Ekvadorning Guayyas viloyatida 17 noyabr kechki vaqt 6,2 magnitudali zilzila qayd qilingan.  

Ma'lum qilinishicha, zilzila markazi Playas shahrida bo‘lgan. Zilzila oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Ekvador prezidenti Lenin Moreno zilzila katta ko‘lamli vayronagarchiliklarga olib kelmaganini ma'lum qilgan.

Viloyat hududidagi barcha maktablar va kollejlarda mashg‘ulotlar dushanbagacha qoldirilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: