O‘zbekistonda suyultirilgan gazda ishlovchi MAN CLA yuk mashinalari ishlab chiqariladi

O‘zbekiston 21:45 / 17.11.2017 11087

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi va O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida “O‘zavtosanoat” AJ va Germaniyaning MAN Truck & Bus AG kompaniyasi o‘rtasida MAN CLA yuk mashinalarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. 

Bu kelishuvga ko‘ra JV MAN Auto-Uzbekistan’ning Samarqanddagi mavjud ishlab chiqarish maydonlarida suyultirilgan tabiiy gazda ishlovchi dvigatelli MAN CLA yuk mashinalari va dvigateli kuchi 440 ot kuchini tashkil qiluvchi, umumiy og‘irligi 50 tonnalik MAN CLA samosvallari ishlab chiqariladi.

Loyihani 2019-2020 yillarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, tashrif doirasida Volkswagen Amarok pikaplari va MAN Lion’s Coach avtobuslarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Ko‘proq yangiliklar: