Ronaldu 7 farzandi va 7ta «Oltin to‘p»i bo‘lishini istaydi

Sport 08:41 / 17.11.2017 12137

«Real»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir nechta «Oltin to‘p» yutib olish istagida ekanini ma'lum qildi.

«O‘ynashda davom etarkanman, imkon qadar sovrinlar yutib olishga harakat qilaman. Orzuim — beshinchi «Oltin to‘p»ni olish, bir yil o‘tib oltinchisi uchun harakat qilaman. Men juda xursandman, atrofimdagilar menga xursandchilik bag‘ishlaydi. Men 7 farzandim bo‘lishini istamoqdaman. Menda 7 farzand va 7ta «Oltin to‘p» bo‘lsin», — deya gapirgan Ronaldu L'Équipe uchun bergan intervyusida.

Ayni vaqtda 32 yoshda bo‘lgan Ronaldu shu vaqtgacha 4 marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan,  yaqinda uning oilasida to‘rtinchi farzandi tug‘ildi. Jorjina Rodriges 12 noyabr kuni futbolchiga qiz tug‘ib berdi. Ronaldu bungacha surrogat onalardan 3 farzandga ega edi. Uning birinchi farzandi Kichik Krishtianu 8 yoshga chiqqan, egizaklari Yeva va Mateo 2017 yil iyunida dunyoga kelgandi.

Ko‘proq yangiliklar: