OnePlus iPhone X’ga raqobatchi bo‘lgan smartfonni taqdim etdi

Fan-texnika 08:31 / 17.11.2017 10027

Xitoyning OnePlus kompaniyasi 5T smartfonini taqdim etdi. U 2017 yilning yozida chiqqan OnePlus 5’ning yaxshilangan versiyasidir. Avvalgi modeldan eng katta farq shundan iboratki, dizayn “ramkasiz”, pastki panelda barmoqlar izi uchun skaner yo‘q, qurilma tomonidan yuzni tanish tizimi paydo bo‘ldi.

Face Unlock texnologiyasi yuzni skanerdan o‘tkazish uchun infraqizil sensorlarsiz faqat frontal kamerani ishlatadi. OnePlus qurilmani “ochish” tezligiga asosiy e'tiborni qaratgan: ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, tizim 0,2 soniya ichida ishlaydi. Shu bilan birga, barmoq datchigi qolgan bo‘lib, shunchaki orqa panelga o‘tkazildi.

Foto Engadget

OnePlus 5 bilan taqqoslaganda, yangi model ekrani diagonali 5,5 dan 6 dyuymga qadar oshdi, biroq korpus hajmi ramkalarning kichraytirilishi tufayli avvalgidek qolgan. Smartfonning orqa kamerasi deyarli o‘zgarmadi: faqat tunda yaxshilangan s'yomka uchun ikkinchi kamera diafragmasi o‘zgartirildi. Frontal kamera o‘lchami 16 Mp.ga qadar oshdi.

Telefonning 6 GB operativ xotira va 64 GB ichki xotiraga ega versiyasi 499 dollar turadi. 8 GB operativ xotira hamda 128 GB ichki xotiralisi esa – 559 dollar. AQShda qurilma 21 noyabrdan sotuvga chiqadi. 

Foto Engadget

 

Ko‘proq yangiliklar: