Germaniyaning Landesbank Baden-Württemberg banki «Ipak Yo‘li» AITB bilan munosabatlarini mustahkamlamoqda

Iqtisodiyot 18:00 / 17.11.2017 3958

2017 yil 15 noyabrda Janob Torsten Bazel boshchiligidagi Landesbank Baden-Württemberg (LBBW) va «Ipak Yo‘li» Aktsiyadorlik innovatsiya tijorat banki vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida tomonlar 5 million AQSh dollari miqdoridagi savdoni moliyalashtirish liniyasini ochish to‘g‘risida ikkitomonlama chegaralangan Bitim tuzishga kelishib oldilar. Ushbu liniya asosan ishlab-chiqarish korxonalarining asosan Yevropa mamlakatlaridan texnologik asbob-uskunalar va xom-ashyoni xarid kilish uchun tashqi savdo bitimlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Bundan tashkari, Landesbank Baden-Württemberg va «Ipak Yo‘li» Banki korxonalarning investitsiya loyihalarini 5 yil va undan ortiq muddatga loyihali moliyalashtirish sohasida faol hamkorlik qilish to‘g‘risida o‘zaro kelishib oldilar.

Landesbank Baden-Württemberg Germaniyadagi eng yirik banklarning beshtaligiga kirib, yirik korporativ va xususiy mijozlarga xizmatlarini taqdim etadi, xalqaro kapital bozorining faol qatnashchisi, shuningdek tijorat ko‘chmas mulkini moliyalash, klassik, tizimli moliyalash, balansdan tashqari instrumentlarni moliyalash bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek tomonlar O‘zbekiston bozorida hamkorlikda taqdim etilayotgan xizmatlar ko‘lamini intensiv ravishda oshirib borishga kelishib oldilar.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: