BAAda «Mars shahri» qachon qurilishi ma'lum bo‘ldi

Jahon 09:20 / 17.11.2017 6630

Dubayda Qizil sayyora hisoblanmish Marsdagi hayot sharoitlari aks ettiriladigan Mars Scientific City «Mars shahri» ikki yarim yildan so‘ng quriladi. Bu haqda RIA «Novosti» BAA fazoviy agentligi vakili Muhammad Nosir al-Ahbobiyga tayangan holda xabar bermoqda.

Uning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtga kelib shaharning byudjyeti va qurilish joyi bo‘yicha aniq qaror qabul qilingan.

«BAA fazoviy sektori iqtisodiyot bilimlariga asoslangan o‘sishga turtki beradi, shuningdek, bizni eng zamonaviy texnologiyalar sohasida yetakchi sifatida ko‘rish imkonini taqdim etadi», - deya aytib o‘tdi al-Ahbobiy.

Avvalroq Rossiya va Qozog‘iston BAAga Boyqo‘ng‘ir bo‘yicha taklif bilan chiqqani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: