18 noyabr kuni Toshkent osmonida vertolyotlar O‘zbekiston bayrog‘ini olib o‘tadi

O‘zbekiston 21:55 / 17.11.2017 75083

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilingan kuniga bag‘ishlab Mudofaa vazirligi tomonidan 10 km masofaga ommaviy yugurish aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda KUN.UZ’ga mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Mazkur aksiya yurtimizda yengil atletika sport turlarini yanada ommalashtirish, aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan. Aktsiyada mamlakatimiz Qurolli Kuchlar tuzilmalaridagi vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilaridan iborat jamoalar uch yosh toifasida (35 yoshgacha, 45 yoshgacha va 45 yoshdan yuqori) ishtirok etadilar.

Ommaviy yugurish 18 noyabr kuni soat 10.00da poytaxtimizning Maxtumquli ko‘chasidagi «Aviator – korzinka» megamarketidan boshlanadi. Shuningdek, unda Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyishi hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha va Toshkent ko‘chalari bo‘ylab (Amir Temur xiyoboni – Amir Temur ko‘chasi – Toshkent teleminorasi – Hayvonot bog‘i – Markaziy harbiy klinik gospitali – Akademiklar shaharchasi – Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi – Parkent ko‘chasi – Tuzel qo‘rg‘oni) Mudofaa vazirligiga qarashli vertolyotlari orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining olib o‘tilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: