Twitter sahifalarni tasdiqlash siyosatini qayta ko‘rib chiqadi

Fan-texnika 09:32 / 16.11.2017 2330

Amerikaning Twitter kompaniyasi foydalanuvchilarning akkauntlarini tasdiqlash siyosatini qayta ko‘rib chiqishi haqida e'lon qildi. 

Ijtimoiy tarmoq bayonotida qayd etilishicha, avvalgi tasdiqlash jarayonida ayni shu narsa sahifa egasi shaxsiyatining haqiqiyligini tasdiqlaydi, deb ishonilgan. Biroq oqibatda tasdiqlash belgisi foydalanuvchilar nazarida "ma'qullash" yoki "muhimlik ko‘rsatkichi"dek taassurot uyg‘otdi.

"Biz bu kabi tushunmovchilikn paydo qilganimizni anglaymiz va uni yo‘qotish ustida ishlayapmiz… Biz yangi tasdiqlash va akkauntlarning haqiqiyligini aniqlash bo‘yicha dastur ustida ish olib borayapmiz", — deyiladi xabarda. 

Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, hozirda tasdiqlash bo‘yicha so‘rovlar vaqtincha qabul qilinmayapti. Twitter, shuningdek, avvalroq tasdiqdan o‘tgan sahifalarga nisbatan ham siyosatini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: