Rossiya, Turkiya va Eron yetakchilari Sochida Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishadi

Jahon 21:20 / 16.11.2017 5331

Rossiya, Turkiya va Eron yetakchilari Vladimir Putin, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Hasan Ruhoniy 22 noyabrda Sochida Suriyadagi vaziyatni tartibga solishdagi muammolarni muhokama qilgani uchrashadilar. Bu haqda jurnalistlarga Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

Peskovning tushuntirishicha, ushbu uchrashuv Suriya milliy muloqoti kongressini o‘tkazish bilan bog‘lanmagan. “Bu alohida tadbir”, deb aytgan Peskov kongress haqida va uning qachon o‘tkazilishi hali belgilanmaganini qo‘shimcha qilgan.

Peskov, shuningdek, 13 noyabrda Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida Sochida o‘tgan uchrashuv va 22 noyabrda uch tomonlama formatda o‘tuvchi uchrashuv turli tadbirlar ekaniga e'tibor qaratdi. “Bu turli uchrashuvlar, turli format, hozir gap uch tomonlama format haqida ketmoqda, chunki aynan shu davlatlar – Rossiya, Eron va Turkiya hozirda biz kuzatayotgan, Suriyadagi vaziyatni siyosiy tartibga solish hamda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash jarayonini kafolatlovchi davlatlar hisoblanadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Peskov. Biroq Peskov uchrashuv natijalariga ko‘ra biror hujjat tayyorlanishi haqidagi savolga javob bermagan.    

Avvalroq turk OAV Erdo‘g‘an 22 noyabrda Rossiyaga tashrif buyurishi hamda Sochida Suriyada qurolli to‘qnashuvlarga chek qo‘yish bo‘yicha uch tomonlama sammit o‘tishini ma'lum qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: