Qozog‘iston qashshoq davlatlar ro‘yxatiga kiritildi

Iqtisodiyot 11:35 / 16.11.2017 55734

Shveytsariyaning Credit Suisse banki Qozog‘istonni aholisining moddiy farovonligi ko‘rsatkichi besh ming dollardan past bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritdi. Bu haqda Global Wealth Report 2017 har yillik hisobotida aytiladi.

Ta'kidlanishicha, Qozog‘istondan tashqari bu guruhga sobiq Sovetlar Ittifoqining boshqa davlatlari ham kiritildi: Moldova, Ukraina, Belarus, Qirg‘iziston. Shuningdek, guruhdan Bangladesh, Nepal, Kambodja, Misr hamda Shri-Lanka joy olgan. Bundan tashqari, Markaziy Afrikaning deyarli barcha davlatlari qashshoqlar safidan o‘rin egalladi (Angola, Ekvatorial Gvineya va Gabondan tashqari).

Qayd etilishicha, voyaga yetgan fuqarosining moddiy farovonligi ko‘rsatkichi 5000-25 000 dollar bo‘lgan guruhga eng ko‘p davlatlar kirgan: Hindiston, Rossiya, Braziliya, Indoneziya, Filippin, Turkiya, Argentina, Boliviya, Kolumbiya, Ekvador, Salvador, Meksika, Panama, Paragvay, Jazoir, Iordaniya, Livan, Marokash va Tunis, Albaniya, Armaniston, Ozarboyjon, Bosniya, Gruziya, Makedoniya, Mo‘g‘uliston.

25-100 ming dollarlik guruhdan esa Xitoy, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Liviya, Peru hamda Chili joy oldi.

Moddiy farovonlik ko‘rsatkichi 100 ming dollardan ortiq bo‘lgan mamlakatlar guruhida: AQSh, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Italiya, Ispaniya, Irlandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yer aholisining umumiy davlati rekord darajaga yetgani xabar berilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: