O‘zmilliybank Germaniya banklari bilan 950 mln. yevro hajmida kelishuvlarni imzoladi

Iqtisodiyot 20:30 / 15.11.2017 7750

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Germaniyaning yetakchi banklari bilan umumiy miqdori 950 mln. yevroga teng bo‘lgan zayom kelishuvlarini imzoladi.

Kelishuvlarga 2017 yil 14-17 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining GFRga amalga oshirilayotgan tashrifi doirasida erishildi.

2017 yilning 15 noyabr kuni Myunxen shahrida O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, uning davomida O‘zmilliybank GFRning yetakchi moliya muassasalari bilan kelishuvlar to‘plamini imzoladi.

Eng yirik kelishuv DeutscheBank AG bilan imzolangan bo‘lib, uning miqdori 500 mln. yevroni tashkil etadi. U O‘zbekistonda keng ko‘lamli investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

Shuningdek, Commerzbank AG bilan 350 mln. yevro hamda AKA Bank bilan 100 mln. yevro mikdoridagi kelishuvlar imzolandi. Ular investitsiya loyihalari, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishni nazarda tutadi.

Imzolangan zayom kelishuvlari «kafolatlanmagan», ya'ni davlat kafolati taqdim etilishini talab qilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: