BMT Bosh Assambleyasi qo‘mitasida Qrim bo‘yicha rezolyutsiyaga ovoz berildi, O‘zbekiston qarshi chiqdi 

Jahon 12:10 / 15.11.2017 38725

BMT Bosh Assambleyasiga Ukrainaning Qrimdagi inson huquqlari bo‘yicha vaziyatga doir rezolyutsiya loyihasi kiritilmoqda. Rossiyaga qator tavsiyalar tilga olingan hujjat BMT Bosh Assambleyasining ijtimoiy, gumanitar va madaniy masalalar bo‘yicha Uchinchi qo‘mitasi tomonidan seshanba kuni qabul qilindi hamda Bosh Assambleyaning hozirgi, 72-sessiyasi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Norvegiya delegatsiyasi Qrimda inson huquqlarining buzilishi bo‘yicha faktlarni topmagan.

Rossiya hujjat bo‘yicha ovoz berish jarayoni o‘tkazilishini so‘radi. Rezolyutsiya loyihasi 71 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, 25 davlat qarshi chiqdi, yana 77 tasi betaraf qoldi. Loyiha uchun ovoz berganlar orasida – Yevropadagi aksariyat davlatlar va AQSh, qarshilar esa – Rossiya, Xitoy, Hindiston, Serbiya, Armaniston, Kuba, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Belarus va boshqa davlatlar.

“Qrim Muxtor Respublikasi va Sevastopol shahridagi inson huquqlari sohasi bo‘yicha holat” hujjati Ukraina tomonidan tayyorlandi, uning hammualliflariga esa taxminan 40 davlat aylandi. Ular orasida Buyuk Britaniya, Germaniya, Latviya, Litva, Polsha, AQSh, Finlyandiya, Fransiya va Estoniya bor. U "vaqtinchalik bosib olingan Qrim aholisiga nisbatan kamsituvchi choralar va inson huquqlarining buzilishini qoralaydi".

Rezolyutsiya loyihasi “Rossiya Federatsiyasini 12 ta tavsiyani bajarishga qat'iy chaqiradi”.

Ko‘proq yangiliklar: