Bir daqiqada quvvatlanuvchi elektrokar yaratilmoqda

Fan-texnika 19:20 / 15.11.2017 6034

Elektrokarlar yaratish bilan shug‘ullanuvchi Fisker kompaniyasi elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish sohasida ilg‘or ishlanma yaratganini ma'lum qildi. Kompaniya vakillarining aytishlaricha, elektrokarga bir quvvatlanishda 800 km masofa bosishga imkon beruvchi batareya yaratildi. Bu batareyaning yana bir e'tiborli va muhim jihati, uni to‘liq quvvatlash uchun bir daqiqadan kamroq vaqt kifoya qilar ekan.  

Ma'lumki, ayni vaqtda Tesla’ning bir quvvatlanishda eng ko‘p masofa bosuvchi modeli bir quvvatlanishda 540 km yo‘l bosa oladi. Uning batareyasini quvvatlash uchun yarim soat talab etiladi.

Biroq Fisker batareyalarining ommaviy ishlab chiqarilishi 2023 yildan oldin boshlanmaydi. Bu vaqtgacha esa shunga o‘xshash ilg‘or batareyalar qolgan raqobatchilarda ham paydo bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: