1 mln. dollarga qanday uy sotib olsa bo‘ladi? (foto) 

Light 18:20 / 15.11.2017 37485

Uy tanlash – qiziq va mas'uliyatli ish. Shu bilan birga, bu mablag‘lari cheklangan va juda ham hashamatli uy sotib olishga qurbi yetmaydigan insonlar uchun dolzarb masaladir. 

AdMe 1 mln. dollar egasi sifatida tasavvur qilib ko‘rishni taklif qildi hamda bu pullarga qanday uylar va kvartiralarni sotib olish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Ular dunyoning turli nuqtalarida joylashgan.

Nyu-York, AQSh — $ 1 090 000

Cho‘ntakda 1 mln. dollardan ortiqroq mablag‘ bo‘lsa, shunday xonadonni sotib olish mumkin. Bu yerda bitta yotoqxona, oshxona va vannaxona bor. Xonadon mehmonxona binosida joylashgani tufayli, uning ma'muriyati yashash qoidalarini o‘rnatish huquqiga ega. Masalan, bu yerga uy hayvonlari bilan ko‘chib kirish taqiqlangan.

Detroyt, AQSh — $ 1 000 000

Uy juda eskidek tasavvur uyg‘otadi, hamda bu xato emas. Hashamatli xonadon 130 yil avval qurilgan. Bu yerda 6 kishi uchun yotoqxona va gaz orqali isitish qurilmasi bor. Egalarining ogohlantirishicha, uy kapital ta'mirdan chiqarilishi lozim.

Parij, Fransiya — $ 999 000

Qariyb 1 mln. dollarga ega bo‘lsangiz, Parijda 3 xonali kvartirani sotib olishingiz mumkin. Bu yerda yotoqxona, oshxona, mehmonxona va kabinet uchun alohida joy mavjud. Shuningdek, kvartira egasi bir necha xonadonlarga mo‘ljallangan yerto‘ladan ham foydalanishi mumkin.

Sevr, Fransiya — $ 996 600

Fransiyadagi bu kichik shaharchada ko‘rsatilgan pullar evaziga ajoyib uyni xarid qilish mumkin. Masalan, shunday toshli uy sotuvga qo‘yilgan. Bu yerda hovuz va uy atrofida katta maydon bor.

Milan, Italiya — $ 921 441

Milanda 1 mln. dollar egasi yaxshi tumandan 3 xonali kvartirani sotib olishi mumkin.

Barselona, Ispaniya — $ 1 000 000

Shuningdek, Kataloniyada ham 1 mln. dollarga ajoyib uyni xarid qilish imkoni bor. Albatta, bu pullarga kvartirani ham sotib olish mumkin, biroq kantri-yo‘nalishdagi bu uycha ko‘proq ma'qul kelishi tabiiy hol.

Valensiya, Ispaniya — $ 882 200

Qumli sohilbo‘ylarga ega ajoyib shahar. Bu yerda ham hashamatli uyning egasiga aylanish mumkin. Agarda, albatta, cho‘ntakda yetarli mablag‘ bo‘lsa. 

Tanlangan bu uyda esa yashash uchun 7 ta xona, shuningdek, garaj va ko‘plab xo‘jalik inshootlari bor.

Monreal, Kanada — $ 998 000

Ko‘rsatilgan pullarga egalik qilsangiz hamda Monrealdan ko‘chmas mulk sotib olishga qat'iy ahd qilgan bo‘lsangiz, katta tanlov oldida qolishingiz aniq. Bu uyda esa ajoyib hovuz va 4 ta yotoqxona bor.

Gurgaon, Hindiston — $ 927 495

Hindistonda, ma'lum bo‘lishicha, internet orqali unchalik ko‘p ham nufuzli ko‘chmas mulk sotilmas ekan. Narx bo‘yicha esa bu xonadon qulay variantga aylanishi mumkin.

Tokio, Yaponiya — $ 1 068 165

Tokioda 1 mln. dollar (mayli, undan biroz ko‘proqqa) metrodan 5-10 daqiqalik masofada joylashgan yaxshi, hashamatli uyni sotib olish imkoni bor. Bu yerda yashash uchun 5 ta xona, oshxona va ajratilgan sanuzel mavjud. 

Dubay, BAA — $ 897 082

Dubayda bu pulga yaxshi villani sotib olish mumkin. Masalan, bu uyda 3 ta yotoqxona, bog‘ va hovuz bor. Ajoyib, to‘g‘rimi? 

London, Buyuk Britaniya — $ 990 300

Londonda 1 mln. dollarga yaxshi ta'mirdan chiqarilgan va qulay loyihalashtirilgan 2 xonali kichik kvartirani sotib olish imkoni bor.

Kenterberi, Buyuk Britaniya — $ 990 300

Tabiat bilan uyg‘unlikda bo‘lgan uylarni yoqtiruvchi millionerlar Kenterberiga ko‘chib o‘tishlari mumkin. Bu yerda ko‘rsatilgan pulga yangi hashamatli uy egasi bo‘lasiz.

Moskva, Rossiya — $ 906 318

Moskvada 1 mln. dollar egasi hashamatli 3 xonali kvartirani sotib olishi mumkin. Uyning ichki dizayni esa bu yerda badavlat odamlar yashashini shundoq bildirib turadi.

Xullas, million dollar hamma joyda ham million dollar bo‘lib qoladi. Kimdir bu pullar evaziga hech qachon uxlamaydigan Nyu-York markazidan kichik kvartirani xarid qilishga tayyor bo‘lsa, boshqalar shu mablag‘ni shahardan biroz uzoqroqda joylashgan hashamatli uyga sarflashlari mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: