Toshkentda bodibilding festivali bo‘lib o‘tadi

Sport 08:31 / 14.11.2017 7147

Toshkentda 17-19 noyabr kunlari PROFORM CLASSIC FESTIVAL sport festivali bo‘lib o‘tadi. Bu festivalga 10 ta davlat sportchilari taklif qilinganlar.

Festival dasturiga sportning bir necha turlari bo‘yicha musobaqalar kiritilgan. Bu haqda O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi ma'lum qildi.

17 noyabrda “Turkiston” saroyida bodibilding va fitnes bo‘yicha chempionat o‘tkaziladi. 18 noyabrda esa sportning kuch bilan bog‘liq turlari bilan shug‘ullanuvchi rossiyalik sportchi Mixail Koklyayev seminar va master-klass o‘tkazadi.

19 noyabrda esa festival mehmonlarini kuch ekstrimi bo‘yicha jahon kubogi kutmoqda. Musobaqalar “JAR” sport kompleksida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Xitoy, Irlandiya, AQSh, Polsha, Ukraina, Litva, Belarus, Bolgariya, Rossiya, Qozog‘istondan 20 nafar eng kuchli sportchi ishtirok etadi.   

Ko‘proq yangiliklar: