Messining shartnomasi haqida yana bir ma'lumot paydo bo‘ldi

Sport 17:50 / 14.11.2017 16709

«Barselona» hujumchisi Lionel Messining yangi shartnomasi haqida mish-mishlar juda ko‘payib ketgan. Ba'zilar uning yangi shartnomaga imzo qo‘yganini gapirsa, boshqalar bu xabarni inkor qilmoqda.

Bu safar La Liga rahbari Xaver Tebas shu haqdagi ma'lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Messi shartnomani uzaytirdi. Barcha qog‘ozlar rasmiydir. Agar meni hech kim aldamagan bo‘lsa, bu haqiqat», — deb Tebas so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Avvalroq, «Barselona» bosh direktori Oskar Grau klub Lionel Messiga umrbod shartnoma taklif qilmoqchi ekanini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik to‘purarning amaldagi shartnomasi 2018 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: