«Qrimda tatarlarni ta'qib qilish kuchaydi» - huquq himoyachilari

Jahon 15:00 / 14.11.2017 15908

Qrimda hukumat qrim tatarlarini ta'qib qilishni kuchaytirdi, bu yarim orolda o‘zgacha fikrlaydiganlarni «bosib qo‘yish» maqsadida qilinmoqda. Bu haqda seshanba, 14 noyabr kuni Human Rights Watch huquq himoyasi tashkiloti xabar bergan.

«Qrimda Rossiya hukumati qrim tatarlarini, ular 2014 yilda Rossiya tomonidan bosib olinishidan so‘ng muxolif pozitsiyada bo‘layotgani tufayli doimiy ravishda ta'qib qilmoqda. U (Rossiya) faol qrim tatarlarini ekstremistlar hamda terrorchilar kabi ko‘rsatmoqda, ko‘pchilikni qochishga majbur qildi hamda qolishga qaror qilganlar o‘z fikrlarini erkin bildira olmasliklari uchun sharoitlar yaratdi», - deya ma'lum qilgan Human Rights Watch’ning Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha direktori Hyu Uilyamson.

Huquq himoyachilari ta'qib qilishning aniq holatlari, xususan, Rossiyada hukumatning ruxsati talab etilmaydigan yagona norozilik «namoyishi» sanaluvchi – bir kishilik piketlar uchun qo‘lga olishlar hamda jarimaga tortishlarni ko‘rsatib berishgan.

Huquq himoyachilarining ta'kidlashicha, 2015 yildan beri Rossiya hukumati kamida 26 kishini radikal harakatlarga aloqadorlikda ayblab hibsga oldi, deya eslatadi Human Rights Watch. 

Huquq himoyachilarining qayd etishicha, Rossiya istilochi-davlat sifatida «Qrimda istilo boshlanishiga qadar amalda bo‘lgan qonunlarni himoya qilishi lozim».

Ko‘proq yangiliklar: