Komilov Ispaniya Qirolligi Senati raisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston 23:58 / 14.11.2017 5086

14 noyabr kuni Madrid shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ispaniya Qirolligi Senati (Parlamentning yuqori palatasi) raisi birinchi o‘rinbosari Pedro Sanz bilan uchrashdi. Bu haqida TIV matbuot xizmati xabar berdi

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Ispaniya muloqotini yanada rivojlantirish va parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston Oliy Majlisi va Ispaniya Bosh Korteslari o‘rtasida muntazam aloqalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, ivestitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Suhbat davomida umumiy kun tartibini aniq mazmun va qo‘shimchalar bilan to‘ldirish hamda o‘zaro munosabatlarga uzoq muddatli tus berishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: