Filippin prezidenti kanadalik hamkasbiga “jo‘nab qolishni maslahat qildi"

Jahon 23:34 / 14.11.2017 15169

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakatida inson huquqlariga amal qilinishi masalalariga xorijiy  siyosatchilarning aralashuviga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi. U bu haqda 14 noyabrda yakunlangan ASeAN davlatlarining 31-sammiti natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanda aytib o‘tdi.    

Avvalroq esa sammitda ishtirok etgan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Duterte bilan suhbatda Filippin hukumati giyohfandfurushlarga qarshi kurashda qo‘llayotgan uslublar bo‘yicha xavotir bildirgani va inson huquqlari masalalarini ko‘targanini ma'lum qilgan.

“Men Filippin xalqi tomondan saylanganman. Men faqat Filippin xalqi oldida javob beraman. Men filippinlik fermerlar va baliqchilar oldida javob beraman, ularga nima uchun shundayligini sabr-toqat bilan tushuntiraman, biroq xorijlikka meni so‘roq qilishiga yo‘l bermayman. Jo‘nab qolsin hammasi”, deb aytgan Duterte Kanada bosh vaziri bilan suhbatiga izoh berish iltimosiga javoban.

“Men hech narsani tushuntirmayman, bu men uchun haqoratdir”, deb aytgan Duterte va aniq ismlarni keltirmagan.

Filippin yetakchisi uning davlatida giyohvand modda tarqatuvchi istalgan odamni o‘ldirishini qo‘shimcha qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: