Apple uchta syurpriz tayyorlab qo‘ygan

Fan-texnika 16:00 / 14.11.2017 11647

Apple kelasi yili uchta ayfonni taqdim etadi, hamda ularning har biri iPhone X’ga o‘xshash bo‘ladi. Bu haqda MacRumors nashriga KGI Securities tahlilchisi Min-Chi Kuo aytib o‘tdi.

Uning fikriga ko‘ra, barcha uch devays ramkasiz displey, chetlarida metall ramkalar hamda True Depth kameralar tizimiga ega bo‘ladi. Qurilmalardan eng ixchamiga 5,8 dyuymli displeyga ega dastlabki model aylansa, shartli iPhone X Plus’ning ekrani 6,5 dyuym bo‘ladi.

Uchinchi qurilma esa model qatoridagi eng hamyonbop smartfonga aylanadi. U OLED-panellar bilan jihozlanuvchi qolgan versiyalardan farqli ravishda, 6,1 dyuymli TFT-LCD displeyga ega bo‘ladi. Bunday smartfon uchinchi dunyoning rivojlanayotgan bozorlariga mo‘ljallangan. Min-Chi Kuoning prognoziga ko‘ra, uning qiymati 750 dollar atrofida bo‘ladi.

Foto: MacRumors

Tahlilchining fikricha, 2018 yilda Apple devayslarni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta'minlaydi, sababi bu vaqtga kelib OLED-displeylarga ega smartfonlar ishlab chiqarish bo‘yicha tajribani to‘plab oladi.

Ko‘proq yangiliklar: