Alisher Usmonovga tegishli kompaniya Rossiya Uber’ini yaratmoqchi

Fan-texnika 12:00 / 14.11.2017 13332

Milliarder Alisher Usmonovga tegishli Mail.Ru Group yangi sohaga kirishga tayyor: internet-holding Rossiyadagi eng yirik taksi-servislaridan biri -   «Vezyot» guruhiga sarmoyalar yo‘naltirish bo‘yicha muzokaralar boshladi. Mail.Ru’ning raqobatchisi «Yandeks»da taksi – daromadlarning eng tez o‘sayotgan manbasidir.

«Vezyot» kompaniyalar guruhi sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deya aytib o‘tdi RBK’ga vaziyatdan xabardor suhbatdosh. Bu ma'lumotni guruh aksiyadorlariga yaqin manbalar ham tasdiqlashgan. 

«Vezyot»da ulush sotib olishga eng asosiy da'vogar - Mail.Ru Group internet-holdingi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, kelishuv miqdori «kompaniyada nazorat qilish imkonini bermaydigan ulush uchun bir necha o‘n million dollarni» tashkil qilishi mumkin. Shu bilan birga, Mail.Ru Group keyinchalik «Vezyot» kompaniyalar guruhidagi ulushini nazorat qilish imkonini beradigan darajaga olib chiqishdan manfaatdor, deya xabar bergan RBK’ga muzokaralardan boxabar manba.

Mail.Ru Group uchun bu kelishuv taksi servislariga birinchi sarmoya bo‘lishi mumkin, biroq kompaniya benefitsiarlari shunga o‘xshash loyihalar aksiyadorlari ham sanaladi. 2015 yilda Mail.Ru Group egasi milliarder Alisher Usmonov USM Holdings bo‘yicha sheriklari bilan AQShning Uber kompaniyasi aksiyalariga «bir necha o‘n million dollar» sarmoya kiritgan.

Ta'kidlanishicha, 2017 yil yakunlari bo‘yicha Rossiya taksi bozorining umumiy hajmi 731 mlrd rublni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: