530 kishiga yetdi. Eron fojiasida qurbonlar soni yana ortdi

Jahon 18:10 / 14.11.2017 11050

Eronda Iroq bilan chegarada yuz bergan yer silkinishi oqibatida halok bo‘lgan insonlar soni 530 kishiga yetdi.

Bu haqda IRNA xabar tarqatdi.

Ta'kidlanishicha, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlangan soni 7 817 kishini tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12 noyabr kuni Eron va Iroq chegarasida 7,2 balli zilzila sodir bo‘ldi. So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, Eronda 70 mingdan ortiq kishi boshpanasiz qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: