O‘zbekiston ma'had va madrasalarida Qur'oni Karim kurslari ochish bo‘yicha qaror qabul qilindi

O‘zbekiston 12:15 / 13.11.2017 32754

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari qoshida barcha xohlovchilar uchun ochiladigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Islom.uz telegram kanali.

Xabarga ilova qilingan suratda bugun 13 noyabr sanasi bilan imzolangan O‘zbekiston Musulmonlari idorasining 01A/113- sonli buyrug‘ini ko‘rish mumkin. 

Hujjat matniga ko‘ra, tayyorlov kurslari pullik bo‘lib, unda Qur'on karim, tajvid va arab tillari o‘qitiladi. Har bir guruhda 15 nafargacha o‘quvchi bo‘lishi belgilangan. Guruhlar ko‘pi bilan to‘rttagacha tashkil etilishi qayd etilgan. O‘quv kurslar mahalliy hokimiyatlar bilan kelishgan xolda shakllantirilishi alohida ta'kidlangan. 

KUN.UZ tahririyati mazkur xabar yuzasidan O‘zbekiston Musulmonlar idorasi hamda Toshkent shahar vakilligiga bog‘landi. Vakillik idorasi bu masalaga Musulmonlar idorasi javob berishini bildirdi. Musulmonlar idorasining bir xodimi ta'lim bo‘limi raqami bilan cheklandi, ikkinchisi xabari yo‘qligidan, rahbarlar majlisda ekani va tushdan keyin aniq javob bera olish mumkinligini aytdi. 

Ko‘proq yangiliklar: