iPhone X'da yana bir kamchilik aniqlandi

Fan-texnika 21:10 / 13.11.2017 14084

iPhone X egalari smartfonning yana bir kamchiligidan shikoyat qilishdi. Odamlar qo‘ng‘iroq dinamikasidagi shovqin hamda tovushning haddan ziyod balandiligi haqida ma'lum qilishdi. 9to5mac.com shu haqida xabar berdi

Sentyabrda iPhone 8 smartfonida ham shunga o‘xshash muammo aniqlangandi. O‘shanda Apple'da tovush bilan bog‘liq muammoni navbatdagi yangilanishda to‘g‘irlashga va'da berishgandi.  

Bundan avval iPhone X egalari displeyning chap tomonidagi yashil rangli vertikal chiziqni payqashgan edi. Smartfonni qayta ishga tushirish va zaxiradan qayta tiklash jarayoni muammoni bartaraf eta olmadi. Smartfon sohiblari uning jismoniy ta'sirga yo‘liqmagani va polga tushmaganini ta'kidlashmoqda.

Shu bilan birga, sensor bilan bog‘liq muammo haqida aytildi - smartfon ekrani sovuq havoda barmoq bilan bosishlarga javob bermagan. Bundan tashqari, u yonib ketish va boshqa vizual o‘zgarishlarga moyilligi aytilmoqda. Apple bu muammoni kelgusi dasturiy ta'minotida tuzatishga harakat qiladi. 

iPhone X 3 noyabr kuni sotuvga chiqdi. Flagmanning kenja modeli AQShda 999 dollarga sotilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: