Xalqaro kosmik stansiyaga pitssa olib boriladi

Fan-texnika 15:40 / 13.11.2017 3536

Atlantika okeanidagi Uollops orolida joylashgan kosmodromdan kecha parvoz qilgan Cygnus kemasi qurilma va kiyim-kechaklardan tashqari, XKSga fazogirlar sevib iste'mol qiluvchi narsalarni ham yetkazib beradi.

Xususan, gap ekipajning amerikalik a'zolari uchun muzlatilgan mevali shirinlik, vanilli va shokoladli muzqaymoq, hamda hattoki pitssa haqida ketmoqda. Pitstsa koinotga italiyalik Paolo Nespoli uchun olib boriladi.

— Pitstsa va muzqaymoq tez orada yetkaziladi! Buni intiqlik bilan kutmoqdamiz, - deya yozdi amerikalik astronavt Josef Akaba "tvitter"dagi sahifasida.

XKS uchun yukka ega bo‘lgan Antares raketasi bir sutkalik kechikish bilan parvozga chiqdi. Bunga uchish maydonchasi hududida samolyotning paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. U qirg‘oqdan o‘n kilometr masofada, 150 metrlik balandlikda uchib o‘tdi.

Tutashtirish rejasiga ko‘ra, astronavtlar Cygnus’ni robotlashtirilgan manipulyator-qo‘l yordamida "tutib olishadi". Kema shu holatda stansiyaga birikkan tarzda uch hafta davomida qoladi.

Ko‘proq yangiliklar: