Foto: Ikki davlat poytaxtida silkinish oqibatlari

Jahon 14:40 / 13.11.2017 36782

12 noyabr kuni kechqurun Eron va Iroq chegarasi yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu ikki davlat chegarasi hududida tektonik plitalar joylashgan bo‘lib, zilzila bo‘lishi muqarrar edi. Amerika seysmologlari ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila kuchi 7,3 ballni tashkil etgan.

Zilzila markazi Iroq poytaxti Bag‘doddan 204 km shimoli-sharqda, Eronning Kirmonshoh shahridan 104 km g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

Oxirgi rasmiy xabarlarga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni 328 nafarga yetdi, shundan yetti nafari Iroq, qolganlari Eron fuqarolaridir. Shuningdek, 2,5 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. 70 ming nafardan ortiq kishi boshpanasiz qoldi.

Asosiy talofatlar Eron g‘arbidagi Kirmonshoh viloyatidagi Sarpuli Zahob tumanida kuzatildi. Xarobalar ortida yana odamlar qolmoqda va qurbonlar soni ortib borishi kutilmoqda.

Eron va Iroq poytaxtlari Tehron va Bag‘dod zilzila markazidan mos ravishda 800 va 200 km masofada joylashgan bo‘lishiga qaramasdan, ikki shaharda ham zilzila kuchini sezishgan.

Yer silkinishi, shuningdek, Eronning Kurdiston, Ilom, Xuziston, Hamadon, G‘arbiy Ozarboyjon, Sharqiy Ozarboyjon, Luriston, Qazvin, Zanjon va Qum viloyatlarida ham ro‘y bergan. Bundan tashqari, Turkiya, Kuvayt, Armaniston, Iordaniya, Livan, Saudiya Arabistoni, Qatar va Bahrayn kabi mamlakatlarning ayrim hududlarida ham sezilgan.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Eron Ichki ishlar vaziri Abdulrizo Rahmoniy Fazliy bir qancha yo‘llar yopilib qolgani va qutqaruvchilar bir necha qishloqqa yetib bora olmayotgani haqida ma'lum qildi.

Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va talofat oqibatlariga qarshi kurashish uchun ko‘rsatmalar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Foto: Reuters

Bu hudud Yaqin Sharqda eng ko‘p yer silkinishlari ro‘y beradigan hududdir. Bu nuqtadan 250 km radiusda avvalgi yuz yillikda 4 marta kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Oxirgisi 6,1 balli - 1967 yilning noyabrida, yuz kilometr janubda. 50-yillar oxirida hamda 60-yillar boshida ham 6 va 6,7 magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgandi.

2013 yil noyabrida bu nuqtadan 60 km janubda 5,6 va 5,8 balli zilzilalar kuzatildi.

Eronda 1990 yilning iyunida 7,4 balli zilzila sodir bo‘lgan va 50 ming kishini hayotdan olib ketgan, minglab kishilar jarohatlangan, 600 ming kishi boshpanasiz qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: