Eng oxirgi rusumdagi Galaxy S9 va S9+ smartfonlari suratlari paydo bo‘ldi

Fan-texnika 23:30 / 13.11.2017 25563

Eng oxirgi rusumdagi Samsung Galaxy S9 va S9+ smartfonlari suratlari paydo bo‘ldi. Suratlardan ko‘rinishicha, Galaxy S9 smartfoni Galaxy S8’ga o‘xshash bo‘ladi. Asosiy farq barmoqlar izlari skanerining boshqa joyga ko‘chirilgani bo‘ladi. Amaldagi modellarda bu skaner kameradan o‘ng tomonda joylashgan. Shu sababli barmoq ko‘pincha kamera obektiviga qo‘yilgan va buning oqibatida u ifloslangan. Yangi smartfonda bu skaner kameradan pastda joylashadi, bunda barmoqning aynan skanerga qo‘yilishi imkoni oshadi.

Foto:hi-tech.mail.ru

Galaxy S9+ surati ko‘proq qiziqarli ma'lumotlarni berdi. G‘iloflar ishlab chiqaruvchi Dbrand saytida smartfon surati bor sahifa topilgan. Biroq ayni vaqtda saytda bu suratlar mavjud emas, shu sababli  uning haqiqiyligi shubha ostiga olinmoqda.

Foto:hi-tech.mail.ru

Suratda Galaxy S9+ oddiy versiyasidan anchagina farq qilishini ko‘rish mumkin. Uning chekkalari ancha o‘tkirroq bo‘lib, uning orqasida barmoq izlari skaneri yo‘qligini ko‘rish mumkin. Ehtimol, S9+ ekranga joylashtiriladigan  barmoqlar izlari skanerini olishi mumkin. Biroq bu kam ehtimollidir, chunki Galaxy S’ning oxirgi avlodlarida smartfonlar deyarli farqlanmaydi.

Shuningdek, yangi smartfonlar haqida ba'zi ma'lumotlar mavjud: 
Displey: 5,8 va 6,2 dyuymli
Protsessor: Snapdragon 845
Kamera: 16 Mp li ikkilangan asosiy kamera va 12 Mp li ikkilangan old kamera
O‘lchovlari: 144,1 x 68,1 x 8 mm / 155,2 x 73,4 x 8,1 mm.

Ko‘proq yangiliklar: