Chevrolet 755 ot kuchiga ega “Korvett”ni taqdim qildi

Fan-texnika 19:20 / 13.11.2017 13250
Foto: popmech.ru

Chevrolet Dubay xalqaro avtosaloni doirasida yangi avloddagi  Corvette ZR1 modelini taqdim qildi.

Ushbu model “Corvette” sportkarining 60 yildan ortiqroq tarixidagi eng kuchlisi bo‘ldi.

Avtomobil 6,2 litrli V8 LT5 dvigateli bilan jihozlanadi. Dvigatel minutiga 6300 ta aylanish bilan 755 ot kuchi beradi. ZR1’da General Motors tarixida ilk bor yoqilg‘ini purkashning ikkilangan tizimi qo‘llandi.

Foto: popmech.ru

Avtomobil savdoga 7 pog‘onali mexanik va 8 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan chiqariladi. 

Bundan tashqari, xaridorlar mashinaga taklif qilinuvchi ikkita aerodinamik paket: treklar uchun mo‘ljallangan standart Low Wing va kundalik ishlatishga mo‘o‘ljallangan High Wing’dan birini tanlashlari mumkin. Mashina yaratuvchilarining ta'kidlashlaricha, yangi aerodinamik unsurlar mashinaning yerga bosilishi kuchini avvalgi Chevrolet Corvette Z06’ga nisbatan 70 foizga oshirishga imkon bergan. Low Wing konfiguratsiyasida mashina 338 km/soat tezlikkacha erisha oladi. High Wing’da mashinaning yerga bosilish kuchi yana 60 foizga oshadi.

Foto: popmech.ru

Shuningdek, kuzovning oldidagi havo to‘plagichlarga ham alohida e'tibor qaratilgan, chunki modelning turli agregat va qismlarini sovituvchi 13 ta radiatori bor. 

Mashina jiddiy sportkarga xos barcha jihatlarga ega bo‘lsa-da, uni shinam saloni, iqlim-nazorati, multimedia tizimi evaziga kundalik foydalanishga mo‘ljallangan mashina sifatida qo‘llash mumkin. 

Foto: popmech.ru

Ta'kidlanishicha, model keyingi bahorda savdoga chiqariladi. Uning narxi hozircha oshkor qilinmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: