Bitkoin kursi «quladi»

Fan-texnika 13:00 / 13.11.2017 16437

Bitkoin kursi so‘nggi bir sutka ichida 29 foizga tushib ketdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, kursning sho‘ng‘ishi investorlarning ketishi hamda boshqa kriptovalyuta – bitkoin keshga o‘tilishi bilan bog‘liq. O‘z navbatida, bitkoin kesh 10 noyabrdan beri 40 foizga qimmatlashdi.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, bitkoin keshga qiziqish ushbu kriptovalyuta blokining katta o‘lchami bilan bog‘liq, bu tranzaksiyalarni tezroq hamda arzonroq amalga oshirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kungi savdolar davomida bitkoin kursi yangi tarixiy rekordni «urdi» hamda 7500 AQSh dollaridan oshib ketdi.

Ko‘proq yangiliklar: