Donald Tramp Filippinga keldi

Jahon 16:50 / 12.11.2017 11588

AQSh Prezidenti Donald Tramp Filippin poytaxti Manilaga keldi. Bu haqda AP xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, u Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammitida ishtirok etadi. Tramp Filippin prezidenti Rodrigo Duterte bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

Duterte Trampni muhim mehmon kabi qabul qilishga va'da bergandi. 11 noyabr kuni Oq uy rahbari Filippin prezidenti bilan Vetnamdagi OTIH sammiti vaqtida ilk marta ko‘rishgani haqida ma'lum qilgandi.

Bundan avvalroq Tramp tashrifi arafasida Manilada namoyishlar boshlangani, politsiya namoyish ishtirokchilarini kuch bilan tarqatayotgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: