Barselonada kataloniyalik siyosatchilarni ozod qilish talab qilingan namoyish o‘tkazildi

Jahon 01:07 / 12.11.2017 5437

Barselonada Kataloniya mustaqilligi e'lon qilingani bilan bog‘liq holda hibsga olingan o‘ndan ko‘proq siyosatchining ozod qilinishi talabi bilan namoyish o‘tmoqda.

Namoyish “Kataloniya milliy assambleyasi” harakati va Omnium Cultural tomondan tashkillashtirilgan. Bu harakatlar yetakchilari Jordi Sanches va Jordi Kuishar isyon ko‘tarishda ayblanib hibsga olinganlar. Ulardan tashqari, Kataloniya jyeneralitetining 8 nafar sobiq a'zosi, jumladan Kataloniya rahbari o‘rinbosari Oriol Junkeras ham hibsda ushlab turilibdi. 

150 ming yevrolik garov puli evaziga ozodlikka chiqqan, Kataloniya parlamenti spikeri Karme Forkadel va tergov ostida bo‘lgan, parlament prezidiumining sobiq a'zolari  namoyishda ishtirok etishdan bosh tortishgan. Namoyishdagi kolonnalardan biriga hibsga olingan siyosatchilarning yaqinlari, jumladan balog‘atga yetmaganlar boshchilik qilishgan. Ular “Siyosiy mahbuslarga ozodlik” shiori ostidagi transparantlar bilan yurib o‘tishgan. “Biz respublika” shiori ostidagi ikkinchi kolonnada Kataloniya mustaqilligini qo‘llab-quvvatlovchi partiyalar vakillari borishgan.   

11 noyabrni namoyish tashkilotchilari “Ozodlikning milliy diadasi” deb ta'riflashdi. Diada – Kataloniyaning mustaqillik kuni bo‘lib, har yili muxtoriyatda 1714 yil 11 sentabrda Barselonaning qamal qilinishi yakunlanishini eslab o‘tkaziladi. O‘shanda Ispaniya merosi uchun urushda kataloniyaliklar o‘z muxtoriyatlarini qo‘ldan boy berganlar hamda Aragona va Kataloniya qirolligi tugatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: