O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Samarqandda kimlar bilan uchrashdi? 

O‘zbekiston 17:34 / 11.11.2017 10536

2017 yilning 11 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Samarqand shahrida Latviya Respublikasi tashqi ishlar davlat kotibi Andreys Pilvegovichis, Ispaniya Qirolligi senatori Xose Ignasio Landanus Kayexo, Atlantika kengashi huzuridagi D.Patritsiu nomidagi Yevroosiyo markazi direktori Edvard Herbst bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Ular «Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» nomli Xalqaro anjumanda ishtirok etishmoqda.

Tomonlar BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasida va 10 noyabr kuni Samarqanddagi forumida chiqish qilgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan ochilayotgan yangi istiqbollardan kelib chiqqan holda munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor jihatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibiga oid masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Ko‘proq yangiliklar: