Saakashvilining 11 yoshli o‘g‘li Kiyev aeroportida ushlandi

Jahon 08:30 / 11.11.2017 21898

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili uning 11 yoshli o‘g‘li va uni kuzatib borayotgan Gruziya davlat qo‘riqlash xizmati xodimi 10 noyabrda Kiyevning Borispol aeroportida ushlanganlarini ma'lum qilgan.

“2 soat avval Borispol aeroportida 11 yoshli o‘g‘lim va uni kuzatib borayotgan Gruziya davlat qo‘riqlash xizmati xodimi ushlangan. Bu xodim mening yonimga kelayotgan bo‘lgan, u rasmiy xizmat safarida. Ularning barcha hujjatlari joyidaligiga qaramasdan, ularni alohida xonada hech qanday tushuntirishsiz 2 soatdan beri ushlab turishibdi. Nima bo‘layotganini bilish uchun aeroportga ketmoqdaman”, deb aytgan Saakashvili Facebook’dagi sahifasida.

Avvalroq Saakashvili safdoshlari qo‘lga olinib, Gruziyaga deportatsiya qilinishgani haqida aytib o‘tgandi.  

Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan Saakashvili 10 sentabrda tarafdorlari ko‘magida Polshadan Ukrainaga o‘tgan. Shu tufayli Lvov viloyati tuman sudi Saakashvilini chegarani noqonuniy kesib o‘tishda aybdor deb topgan va unga nisbatan 130 dollar miqdorida jarima belgilagan. 

Ko‘proq yangiliklar: