Portugaliyada dinozavrlar vaqtida yashagan akulani ushlashga muvaffaq bo‘lindi

Jamiyat 20:31 / 11.11.2017 48120

Portugaliyaning dengiz va atmosfera instituti xodimlari Algrave tumani sohillari yaqinida dinozavrlar vaqtida yashagan kamdan-kam uchraydigan akulani ushlashga muvaffaq bo‘lishdi.  

Ushlangan akula Atlantika okeanida 80 mln yildan beri mavjud va shu sababli olimlar uni “toshga aylangan tirik mavjudot” deb atashdi.

Ushbu dengiz jonzotining 300 ta tishi bo‘lib, u qadimdan dengizchilarga qo‘rquv solib kelgan. Qadimiy akulaning uzunligi 1,5 metrni tashkil qiladi va u ilonga o‘xshab harakatlanadi.

Foto: twitter.com/  @allfiveoceans

Ushbu turdagi akulalar katta chuqurlikda yashaganlari sababli kam o‘rganilgan. Ularni Atlantika okeani, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya sohillari yaqinida uchratish mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: