Qrim Ukrainaning «kasal fantaziyasi» haqida ma'lum qildi

Jahon 15:17 / 11.11.2017 11120

Qrim hukumati bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Polonskiy Qrimga amerikalik harbiy inspektorlar tashrifi bo‘yicha g‘oyani «ukrainalik harbiy amaldorlarning kasal fantaziyasi» deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«O‘ylashimcha, bu ukrainalik harbiy amaldorlarning navbatdagi kasal fantaziyasi, ular shunchalik katta va mustaqilki, mamlakatda ham, undan tashqarida ham ularga, umuman olganda, hech narsa bog‘liq emas. Shuning uchun, ular o‘zgalarning hududlariga shunday xo‘jayinlik qilayotgani nafaqat tushunmovchilik, balki kulgini ham keltirib chiqaradi», - dedi u.

Uning ta'kidlashicha, faqatgina Rossiya armiyasi respublika hududida bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: