Eronda harbiy samolyot halokatga uchradi

Jahon 17:15 / 11.11.2017 5799

Eron islom inqilobi posbonlari korpusi harbiy-havo kuchlarining Su-22 qiruvchi-bombardimonchisi mamlakat janubida halokatga uchradi.

Bu haqda RIA Novosti Islom inqilobi posbonlari korpusining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bo‘limiga tayangan holda xabar bermoqda.

"Islom inqilobi posbonlari korpusi harbiy-havo kuchlarining Su-22 harbiy samolyoti Fors viloyatidagi harbiy mashqlar vaqtida halokatga uchradi. Hodisa ertalabki soat 8 da yuz bergan. Uchuvchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi", - deyiladi bayonotda.

 

Ko‘proq yangiliklar: