114 nafar sudya: Poroshenkodan kutilmagan qadam 

Jahon 17:46 / 11.11.2017 14539

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yangi Oliy sudning 114 sudyasini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat prezident ma'muriyati o‘rinbosari Aleksey Filatov tomonidan o‘qib eshittirildi, deb xabar bermoqda Ukrinform.

Prezidentning ta'kidlashicha, yangi Oliy sud ilk marotaba ochiq tanlov asosida shakllantirildi.

"Yangilangan Oliy sudning har to‘rtinchi sudyasi – advokat yoki ilmiy xodim. Ular Ukraina qonunlari hamda Yevropa standartlari va an'analari asosida yangi adliya tizimini qurish imkoniyatiga ega bo‘lishadi", - deya ma'lum qildi Poroshenko.

Navbatda, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, - adliya tizimidagi o‘zgarishlar bo‘yicha yana qator qonunlarni qabul qilish: korrupsiyaga qarshi sud, advokatura, huquqiy ta'lim haqidagi va boshqa qonunlar.

"Biz Ukraina adliya tizimi tarixida yangi sahifani ochmoqdamiz!", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Ko‘proq yangiliklar: