Toshkentda jiddiy YTH, haydovchilardan biri vafot etdi

Jamiyat 14:50 / 10.11.2017 23670

2017 yil 7 noyabr kuni tungi soat 03:30larda, Olmazor tumanidagi Shifonur va Qora-qamish ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi – 1968 yilda tug‘ilgan erkak kishi, hushyor holatda “Neksiya” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, mast holatdagi haydovchi – 1991 yilda tug‘ilgan erkak kishi boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi. 

Mazkur to‘qnashuv natijasida “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etgan. 

Ushbu holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: