Eron TIV: "Yadro qurolini yaratish islom diniga zid"

O‘zbekiston 12:50 / 10.11.2017 14934

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Samarqandda o‘tkazilayotgan "Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik" nomli xalqaro konferensiyada "Eronning yadro dasturi muvaffaqiyatli yakunlanishida Yevroittifoq ko‘mak" berishini bildirdi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar qilmoqda.

Mogerini "Eron va Yevroittifoq o‘rtasida yadro dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuv" Ittifoqning eng katta yutug‘i ekanini bildirdi.

Shuningdek, konferensiyada ishtirok etayotgan Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Eron yadro dasturidan boshqa maqsadlarda foydalanishi, jumladan yadro qurolini yaratishga intilishi mantiqsiz ekanini bildirdi.

"E'tiqodimiz yuzasidan, yadro qurolini yaratish Islom diniga zid hisoblanadi. Qolaversa, yadro qurolini yaratish tinchlik va barqarorlikni saqlab turuvchi asosiy kuch emas" - dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: