Aldov yo‘li bilan buyumlarni sotgan yana 6 nafar xorijlik fuqaro ushlandi

Jamiyat 18:25 / 10.11.2017 10792

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga bir necha nafar chet el fuqarolari Toshkent shahridagi bozorlardan har xil turdagi buyumlarni arzon narxlarda xarid qilib, ularni fuqarolarga aldov yo‘li bilan qimmat narxlarda sotib kelayotganliklari haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda IIBB ma'lum qilmoqda.

Mazkur xabar asosida 2017 yilning 6 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, tadbir davomida tsigan millatiga mansub bo‘lgan Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi hamda Ukraina davlati fuqarolari aniqlandi. 

Mazkur 6 nafar shaxs Toshkent viloyatida joylashgan mehmonxonada vaqtincha yashab, Chilonzor tumanidagi “Abu Saxiy” bozoridan oshxona anjomlari, idish-tovoq komplektlari va shu kabi boshqa buyumlarni arzon narxlarda sotib olib, ularni Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning atrofida, bozorlarda hamda supermarketlarda go‘yoki mazkur buyumlar Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligini bildirib, xaridorlarni aldash orqali qimmat narxlarga sotib kelayotganliklari ma'lum bo‘ldi.

Toshkentda moldovalik tsiganlar aldov yo‘li bilan buyumlarni sotayotgani aniqlandi

Ko‘proq yangiliklar: