Palmirada YuNeSKO yordami yo‘qligidan shikoyat qilishdi

Jahon 14:50 / 09.11.2017 4635

Palmiradagilar YuNeSKO yordam to‘g‘risidagi va'dasini bajarmayotganidan shikoyat qilishdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Palmira Muzeyi direktori Muhammad al-Asad shunday bayonot bilan chiqdi. U shahardagi qadimiy yodgorliklarni saqlovchi arxeolog bo‘lgan va terrorchilar tomonidan o‘ldirilgan Xalid al-Asadning o‘g‘li sanaladi.

«Hozirda qadimiy yodgorliklar boshqarmamiz YuNeSKO bilan o‘zaro hamkorlik qilmoqda, biroq va'da berilgan yordam haligacha yo‘q», - deya iddao etadi muzeyning hozirgi direktori.

Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar harakati tufayli yetkazilgan zarar hajmini baholash imkonsiz.

«Biz siz bilan Bel Ibodatxonasida bo‘lib turibmiz – uni butunlay vayron qilishdi. Faqatgina toqi qoldi. Amfiteatr portlatib yuborildi. Baal Shamin Ibodatxonasi butunlay yer bilan yakson qilindi. Hamda mashhur toq ham vayron bo‘ldi», - deya aytib o‘tdi al-Asad.

Uning ta'kidlashicha, Palmira nafaqat YuNeSKO’ning, balki butun dunyoning madaniy merosi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: