Saakashvili Ukrainada “xalq impichmenti” o‘tkazish bilan tahdid qildi

Jahon 08:10 / 08.11.2017 6623

Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti impichmenti va aksilkorruptsion sud haqidagi qonunlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12 noyabrda marsh o‘tkazishni taklif qildi. U bu haqda Oliy rada oldidagi Konstitutsiya maydonidagi namoyishda aytib o‘tdi.

“Men yakshanba kuni prezident impichmenti va aksilkorruptsion sud haqidagi qonun qabul qilinishi uchun marsh o‘tkazishni, yig‘ilib va o‘zimizning yurishimiz bilan bu talabni qo‘llab-quvvatlashni taklif qilaman”, deb aytgan Saakashvili.

Oliy rada 7 noyabrda Ukrainaning saylov kodeksi loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi va Saakashvili tarafdorlarining talablaridan birini bajardi. Loyihani 226 deputat qo‘llab-quvvatlagan.   

Saakashvilining aytishicha, “hukumatga o‘ziga kelishga yo‘l bermaslik va kurashni oxirigacha yetkazish kerak”. Saakashvili agar Ukraina hukumati namoyishchilar talablarini bajarmasa, unda 3 dekabrda “xalq impichmenti”ni boshlashni taklif qilgan. “Agar ular hech narsa qabul qilishmasa, unda Ukraina xalqi kimga impichment e'lon qilish, kimni bo‘shatib yuborish va qachon yangi saylovlar o‘tkazishni o‘zi hal qiladi”, deb aytgan Saakashvili.

Saakashvili 29 oktabrdagi norozilik aksiyasida Ukraina prezidentining muddatdan avval saylovlarini o‘tkazishni taklif qilgandi. Uning aytishicha, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va parlament namoyishchilar talablarini bajarmasalar, unda “ketishlari” kerak. Saakashvilining aytishicha, u va uning tarafdorlari davlat to‘ntaruviga tayyorgarlik bilan shug‘ullanmayaptilar, biroq namoyishchilarda “hokimiyatni almashtirish uchun mexanizm” mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: