Ronaldu «Real» bilan qachon yangi shartnoma imzolashi ma'lum bo‘ldi

Sport 21:20 / 07.11.2017 14584

«Real» yetakchisi Krishtianu Ronaldu klub bilan yangi, moliyaviy tarafdan yaxshilangan shartnomani imzolaydi.

Ispaniyalik jurnalist Eduardo Indaning El Chiringuito teledasturi efirida aytgan so‘zlariga ko‘ra, futbolchi 5-marta «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgach, shu zahotiyoq yangi mehnat bitimini rasmiylashtiradi va yiliga 30 mln yevro maosh oladigan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 2018 yil yanvar oyida o‘tkaziladi. Ronaldu unga asosiy da'vogar bo‘lib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: