Texasdagi ommaviy qotillik dars bo‘lmadi: Tramp qurol savdosini cheklamaslikka qaror qildi

Jahon 16:40 / 06.11.2017 8117

AQSh prezidenti Donald Tramp Texasda yuz bergan otishmadan so‘ng ham mamlakatda o‘qotar qurollarni sotish qoidalarini kuchaytirish zarur deb hisoblayotgani yo‘q. Bu haqda CNN xabar qilmoqda.

«Bu yerda muammo ruhiy holatda. Gap qurol bilan muomala qilish haqida borayotgani yo‘q», - deya ma'lum qildi Tramp qurollarni sotish qoidalarini o‘zgartirish zarurligi bo‘yicha berilgan savolga javob qaytarib.

Qo‘shma Shtatlar prezidentining aniqlik kiritishicha, dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, hujum qilgan shaxs «juda qiziqqon inson» bo‘lgan.

Avvalroq mergan tomonidan o‘ldirilgan kishilar orasida homilador ayol ham bo‘lgani ma'lum qilingandi. Hammasi bo‘lib kamida 26 inson qurbon bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, hujum Devin Patrik Kelli tomonidan amalga oshirildi. U hodisa yuz bergan joydan uncha uzoq bo‘lmagan yerda qoldirilgan mashinadan o‘lik holda topildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: